Abstract
Mazkur ilmiy maqolada Bojxona instituti kursantlarining o‘qishga bo‘lgan motivatsiyasi masalasi an’anaviy pedagogik talqin doirasidan chiqarilib, kasbiy tanlov, intizomiy muhit va shaxsiy ichki ehtiyojlar kesishmasida tahlil qilinadi. Tadqiqotda kursant motivatsiyasi faqat baho olish yoki majburiy intizom bilan izohlanmaydi, balki ularning kasbiy o‘zini anglash jarayoni, davlat xizmatiga bo‘lgan munosabati va ichki mas’uliyat hissi bilan bog‘liq murakkab psixologik holat sifatida talqin etiladi. Muallif kursantlar bilan ishlash jarayonida kuzatilgan real holatlarga tayangan holda, o‘qishga bo‘lgan motivatsiyaning barqaror emasligi, uning vaziyatga bog‘liq holda kuchayib yoki susayib borishi kabi jihatlarni ochib beradi. Maqolada motivatsiyani shakllantirishda tashqi rag‘batlar bilan bir qatorda ichki psixologik omillarning ustuvorligi asoslanadi. Tadqiqot Bojxona instituti sharoitida o‘qish motivatsiyasi harbiy-intizomiy muhit bilan uyg‘unlashgan holda shakllanishini ko‘rsatadi va bu holat uni boshqa oliy ta’lim muassasalari talabalari motivatsiyasidan tubdan farqlashini ilmiy jihatdan asoslaydi.
References

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.
