BO‘LAJAK INGLIZ TILI O‘QITUVCHILARINING IJODIY FAOLLIGINI RIVOJLANTIRISHDA KOMMUNIKATIV TOPSHIRIQLARNI LOYIHALASH TEXNOLOGIYASI
pdf

Keywords

bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchisi, ijodiy faollik, kommunikativ topshiriq, topshiriq dizayni, kommunikativ kompetensiya, kreativ yondashuv, metodik kompetentlik, pedagogik vaziyat, task-based learning, refleksiya, metodik mustaqillik.

How to Cite

BO‘LAJAK INGLIZ TILI O‘QITUVCHILARINING IJODIY FAOLLIGINI RIVOJLANTIRISHDA KOMMUNIKATIV TOPSHIRIQLARNI LOYIHALASH TEXNOLOGIYASI. (2026). International Congress on Economics, Management and Business Studies, 1(6), 985-998. https://econferencia.com/index.php/8/article/view/1365

Abstract

Mazkur maqolada bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarining ijodiy faolligini rivojlantirishda kommunikativ topshiriqlarni loyihalash texnologiyasining nazariy, metodik va amaliy asoslari takomillashtirilgan holda yoritiladi. Kommunikativ topshiriq o‘quvchining til vositalaridan muayyan kommunikativ maqsadga erishish uchun foydalanishini ta’minlaydigan, mazmunli faoliyatga yo‘naltirilgan didaktik birlik sifatida talqin qilinadi. Bo‘lajak o‘qituvchining topshiriqni mustaqil loyihalashi esa maqsadni belgilash, kommunikativ vaziyatni tanlash, til materialini aniqlash, topshiriq shartlarini ishlab chiqish, o‘quvchilar ehtiyojlariga moslashtirish, amaliy sinovdan o‘tkazish, baholash va refleksiv qayta loyihalash kabi kasbiy-metodik faoliyatlarni birlashtiradi. Tadqiqotda ochiq, muammoli, situativ, hamkorlikka asoslangan va loyiha xarakteridagi topshiriqlarning ijodiy faollikni rivojlantirish imkoniyatlari asoslanadi. Shuningdek, kommunikativ topshiriq dizaynining mezonlari va bosqichlari tizimlashtirilib, uni oliy ta’limdagi metodik tayyorgarlik bilan integratsiyalashning pedagogik shart-sharoitlari aniqlashtiriladi.

pdf

References

Creative Commons License

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.