Abstract
Maqolada oila a’zolarining manfaatlarini ta’minlash vositasi sifatida ta’minot (aliment) to‘lash to‘g‘risidagi kelishuvning huquqiy mohiyati, mazmuni hamda amaliy ahamiyati yoritilgan. O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 130–134-moddalari asosida aliment to‘lashning kelishuv, ixtiyoriy va sud tartibida amalga oshirish mexanizmlari tahlil qilinadi. Shuningdek, aliment to‘lash to‘g‘risidagi kelishuvning notarial rasmiylashtirilishi, uning ijro hujjati sifatidagi yuridik kuchi va bitimning fuqarolik-huquqiy shartnomalardan farqli jihatlari ilmiy-nazariy asosda ko‘rib chiqilgan. Muallif aliment kelishuvining huquqiy tabiatini, taraflarning huquq va majburiyatlarini, bitimni o‘zgartirish va bekor qilish tartibini aniqlashtirish zarurligini asoslaydi hamda Rossiya Federatsiyasi Oila kodeksi bilan qiyosiy tahlil asosida takomillashtirish takliflarini bildiradi.
References

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.
