Abstract
Maqolada tijorat banklarining investitsiya faoliyatida moliyaviy investitsiyalarni boshqarish bilan bog‘liq nazariy muammo – daromadlilik, tavakkalchilik va likvidlik maqsadlarini bir vaqtning o‘zida muvofiqlashtirish masalasi tadqiq etilgan. Ilmiy abstraksiyalash, qiyosiy tahlil, guruhlash va tizimli yondashuv asosida moliyaviy investitsiyalarning bank faoliyatidagi iqtisodiy funksiyalari tizimlashtirilgan. O‘zbekiston bank tizimining 2024–2025-yillardagi kapital va likvidlik ko‘rsatkichlari rasmiy ma’lumotlar asosida qiyoslangan. Natijada bank investitsiya qarorlarini maksimal daromadlilik mezoniga emas, balki riskka moslashtirilgan daromadlilik, yetarli likvidlik, resurslar muddati bilan muvofiqlik, diversifikatsiya va uzluksiz monitoring birligiga asoslash maqsadga muvofiqligi asoslangan.
References

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.
