Abstract
Til portfeli yondashuvi yuqori ta’lim tizimida talabalarning o‘quv-biluv faoliyatini rivojlantirish, til kompetensiyalarini baholash, refleksiya ko‘nikmalarini shakllantirish va mustaqil ta’lim jarayonini faollashtirishda samarali metodik vosita sifatida qaraladi. Ushbu maqolada til portfeli konsepsiyasining didaktik asoslari, uning tarkibiy jihatlari va amaliy qo‘llanishi doirasida o‘qituvchining roli ilmiy-pedagogik nuqtai nazardan tahlil qilinadi. Xususan, o‘qituvchining monitoring, yo‘naltirish, kompetensiyalarni shakllantirish, diagnostika va formatif baholash jarayonlaridagi funksiyalari batafsil yoritiladi. Tadqiqotda til portfelining talabalarda individual o‘sishni kuzatish, metakognitiv faoliyatni rivojlantirish, refleksiv fikrlashni chuqurlashtirish hamda til o‘rganish motivatsiyasini oshirishga ta’siri ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, zamonaviy raqamli portfellarning afzalliklari, chet tili mashg‘ulotlarida ularning multimodal imkoniyatlari hamda o‘qituvchi tomonidan qo‘llanadigan metodik strategiyalar ilmiy tahlil qilinadi. Maqola til portfeli yondashuvi asosida darslarni tashkil etishda o‘qituvchi faoliyatining pedagogik, psixologik va metodik jihatlarini aniqlashga qaratilgan bo‘lib, filologik ta’limda mazkur yondashuvning samaradorligini oshirish bo‘yicha ilmiy-amaliy xulosalar beriladi.
References

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.
