TALABALARNING O'QUV-BILUV FAOLIYATIDA TIL PORTFELIDAN FOYDALANISHNING PEDAGOGIK JIHATLARI
pdf

Keywords

til portfeli, o‘quv-biluv faoliyati, refleksiya, metakognitiv ko‘nikmalar, til kompetensiyasi, elektron portfel, individual yondashuv, o‘z-o‘zini baholash, til o‘rgatish metodikasi, multimodal topshiriqlar.

How to Cite

TALABALARNING O’QUV-BILUV FAOLIYATIDA TIL PORTFELIDAN FOYDALANISHNING PEDAGOGIK JIHATLARI. (2026). Global Conference on Multidisciplinary Research and Innovation, 1(6), 581-588. https://econferencia.com/index.php/1/article/view/1424

Share

Abstract

Maqolada talabalarning o‘quv-biluv faoliyatida til portfelidan foydalanishning pedagogik jihatlari tahlil qilinadi. Til portfeli talabaning til o‘rganish jarayonini tizimli ravishda rejalashtirish, nazorat qilish va o‘zini rivojlantirishga yo‘naltirilgan reflektiv yondashuv asosida tashkil etishga yordam beruvchi vosita sifatida qaraladi. Tadqiqot davomida til portfelining o‘quv jarayonida individual yondashuvni kuchaytirishi, talabaning metakognitiv ko‘nikmalarini shakllantirishi, mustaqil o‘qish madaniyatini rivojlantirishi hamda til kompetensiyalarini bosqichma-bosqich monitoring qilish imkonini berishi ilmiy asosda yoritiladi. Shuningdek, elektron til portfellarining imkoniyatlari, multimodal topshiriqlarni o‘z ichiga olishi, o‘qituvchi va talaba o‘rtasidagi aks aloqani kuchaytirishi, baholash jarayonining shaffofligini oshirishi haqidagi ilmiy qarashlar keltiriladi. Maqolada til portfelidan foydalanishning zamonaviy pedagogik texnologiyalar bilan integratsiyasi, uni filologik ta’limda qo‘llash mexanizmlari, metodik tavsiyalar hamda til o‘rganish motivatsiyasiga ta’siri tahlil etilib, amaliy xulosalar chiqariladi.

pdf

References

Creative Commons License

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.