Abstract
Hozirgi zamon tilshunosligida pragmatika mustaqil ilmiy yo‘nalish sifatida shakllanib, til birliklarining real nutq jarayonida qanday maqsadda, qaysi kommunikativ sharoitda va qanday ta’sir kuchi bilan qo‘llanishini tadqiq etuvchi soha sifatida qaraladi. Bu yo‘nalishda til faqat ma’no ifodalovchi vosita emas, balki insonning kommunikativ faoliyati bilan uzviy bog‘liq hodisa sifatida talqin qilinadi. Shu sababli, pragmatik tahlilda so‘zlovchi shaxsi, uning niyati, tinglovchi va nutq vaziyati ya’ni, “inson omili” markaziy o‘rinni egallaydi.
References

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.
