Abstract
Maqolada talabalarning o‘quv-biluv faoliyatida til portfelidan foydalanishning pedagogik jihatlari tahlil qilinadi. Til portfeli talabaning til o‘rganish jarayonini tizimli ravishda rejalashtirish, nazorat qilish va o‘zini rivojlantirishga yo‘naltirilgan reflektiv yondashuv asosida tashkil etishga yordam beruvchi vosita sifatida qaraladi. Tadqiqot davomida til portfelining o‘quv jarayonida individual yondashuvni kuchaytirishi, talabaning metakognitiv ko‘nikmalarini shakllantirishi, mustaqil o‘qish madaniyatini rivojlantirishi hamda til kompetensiyalarini bosqichma-bosqich monitoring qilish imkonini berishi ilmiy asosda yoritiladi. Shuningdek, elektron til portfellarining imkoniyatlari, multimodal topshiriqlarni o‘z ichiga olishi, o‘qituvchi va talaba o‘rtasidagi aks aloqani kuchaytirishi, baholash jarayonining shaffofligini oshirishi haqidagi ilmiy qarashlar keltiriladi. Maqolada til portfelidan foydalanishning zamonaviy pedagogik texnologiyalar bilan integratsiyasi, uni filologik ta’limda qo‘llash mexanizmlari, metodik tavsiyalar hamda til o‘rganish motivatsiyasiga ta’siri tahlil etilib, amaliy xulosalar chiqariladi.
References

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.
