Abstract
Mazkur maqolada O‘zbekistonda bozor xizmatlari hajmining o‘sish dinamikasi, uning tarkibiy o‘zgarishlari va iqtisodiy rivojlanishdagi o‘rni tizimli tahlil qilinadi. Tadqiqotda xizmatlar sektorining yalpi ichki mahsulotdagi ulushi ortib borayotgani, ayniqsa transport, aloqa, moliyaviy xizmatlar, savdo va axborot texnologiyalari xizmatlarining tez sur’atlarda rivojlanayotgani ilmiy asosda ko‘rsatib beriladi. Bozor xizmatlari hajmining o‘sishi urbanizatsiya jarayonlari, raqamli transformatsiya, aholi daromadlarining oshishi va iqtisodiyotning tarkibiy diversifikatsiyasi bilan uzviy bog‘liqligi aniqlanadi. Tadqiqotda statistik ma’lumotlar asosida xizmatlar sektorining o‘sish sur’atlari, hududlar kesimidagi tafovutlar va iqtisodiy samaradorlik ko‘rsatkichlari tahlil qilinadi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, xizmatlar sektorining kengayishi iqtisodiy o‘sishning asosiy drayverlaridan biriga aylanib bormoqda, biroq uning barqaror rivojlanishi institutsional muhit, infratuzilma sifati va raqamli texnologiyalar darajasiga bog‘liq.
References

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.
