Abstract
Mazkur maqolada raqamli ta’lim muhitida kreativ tafakkur va kognitiv kompetensiyalarni rivojlantirishning zamonaviy tendensiyalari falsafiy, pedagogik va metodologik jihatdan tahlil etilgan. Raqamli texnologiyalarning ta’lim jarayoniga jadal integratsiyalashuvi natijasida ta’lim oluvchining bilish faoliyati, axborotni qabul qilish, qayta ishlash, tahlil qilish va yangi bilimlarni yaratish mexanizmlarida yuzaga kelayotgan o‘zgarishlar tadqiq etiladi. Tadqiqotda kreativ tafakkurning muammoli vaziyatlarni yangicha idrok etish, muqobil yechimlarni ishlab chiqish, innovatsion g‘oyalarni ilgari surish va mavjud bilimlarni yangi kontekstlarda qo‘llash imkoniyatlari bilan bog‘liqligi asoslab berilgan. Shuningdek, raqamli ta’lim muhitida kognitiv kompetensiyalarning axborotni izlash va saralash, tanqidiy tahlil qilish, mantiqiy xulosa chiqarish, muammolarni hal etish, refleksiya va mustaqil qaror qabul qilish kabi tarkibiy jihatlari ochib berilgan.
References

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.
