Abstract
Mazkur maqolada oliy ta’lim jarayonida flipped classroom (teskari sinf) modeli orqali talabalarning kreativ qobiliyatlarini shakllantirishning pedagogik imkoniyatlari nazariy-metodologik jihatdan tahlil qilindi. Maqolaning maqsadi - mazkur modelning mazmuni, didaktik asoslari, kreativlikni rivojlantirish mexanizmlari, amaliy afzalliklari va tatbiq etishda uchraydigan muammolarni ochib berishdan iborat. Tadqiqotda tahliliy-sintetik yondashuv, qiyosiy tahlil, pedagogik manbalarni umumlashtirish, normativ-huquqiy hujjatlar va statistik ma’lumotlarni interpretasiya qilish usullaridan foydalanildi. Olingan natijalardan shuni ko’rsatadiki, flipped classroom modeli talabaning darsgacha mustaqil tayyorgarligini, dars jarayonida esa muammoli vaziyatlar, loyiha, keys, muhokama va ijodiy topshiriqlar orqali faol ishtirokini kuchaytiradi. Natija sifatida flipped classroom modeli kreativ pedagogika, konstruktivizm, kompetensiyaviy yondashuv va shaxsga yo’naltirilgan ta’limning integrativ nuqtasi sifatida baholandi hamda uni samarali qo’llash bo’yicha tashkiliy-metodik tavsiyalar ishlab chiqildi.
References

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.
