Abstract
Mazkur tezisda erkak va ayol nutqiga oid ijtimoiy tasavvurlarning shakllanishi, mustahkamlanishi va kommunikativ jarayonda namoyon bo‘lishi psixolingvistik nuqtayi nazardan tahlil qilinadi. Genderga doir nutqiy stereotiplar inson ongida mavjud bo‘lgan ijtimoiy sxemalar, kognitiv tasniflash, til birliklarini idrok etish, nutqiy xatti-harakatni baholash hamda kommunikativ kutishlar bilan chambarchas bog‘liq ekani asoslanadi. Tadqiqotda erkak va ayol nutqi haqidagi tasavvurlar tabiiy-biologik farq sifatida emas, balki ijtimoiy tajriba, madaniy me’yorlar, tarbiya, kommunikativ muhit va til orqali shakllanadigan psixolingvistik hodisa sifatida talqin qilinadi.
References

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.
