Abstract
Ushbu maqolada Ulug‘bek Hamdamning "To‘rtko‘cha" romani an’anaviylik, modernizm va realizm tamoyillari asosida tahlil qilinadi. Asardagi markaziy fojia — O‘lmas Ulug‘, Ochil, Lola va O‘ktam aka, Erali og’a kabi qahramonlar taqdiri yoritiladi. Maqolada ziyoli insonning ijtimoiy bo‘ronlar va o‘lim qarshisidagi "qo‘li kaltaligi", yaqinlarini asrab qola olmaslik iztirobi realistik bo‘yoqlarda ochib berilgan. Shuningdek, asardagi personajlar tizimi (Zafar aka, Rahmatjon aka, Volodya va b.) orqali jamiyatning ijtimoiy-ruhiy manzarasi tadqiq etiladi.
References

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.
