Abstract
Maqolada akademik Bo‘riboy Ahmedov faoliyatiga oid tadqiqotlar umumiy manzarasi yoritilib, olim merosining zamonaviy tarixshunoslikdagi o‘rni baholanadi. Mavzuga doir adabiyotlar mazmun va yondashuviga ko‘ra biografik-esdalik xarakteridagi materiallar hamda Ahmedov ilmiy merosiga tayangan tadqiqotlar sifatida tasniflanadi. Ularning sovet davri, mustaqillik yillari va xorijda yaratilgan namunalari qiyosiy ko‘rib chiqilib, mavjud ishlardagi metodik va bibliografik muammolar umumiy tarzda qayd etiladi. Shuningdek, olimning etnogenez, manbashunoslik va temurshunoslik yo‘nalishlaridagi tadqiqotlari keyingi izlanishlarda qanday talqin etilgani qisqacha umumlashtiriladi. Xulosada B. Ahmedovning hayoti va ilmiy faoliyatini kompleks va tizimli o‘rganish, uning metodologik yondashuvlari hamda manbalar bilan ishlash tamoyillarini ilmiy tahlil qilish dolzarb vazifa ekani ta’kidlanadi.
References

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.
Copyright (c) 2026 World Conference on Social Sciences, Law and Public Policy
