Abstract
Ushbu mavzu rangning tabiati, uning fizik va psixologik xususiyatlari hamda rangshunoslik fanining tarixiy rivojlanish jarayonini o‘rganishga bag‘ishlangan. Rang inson hayotida muhim o‘rin tutib, u tabiat, san‘at, me‘morchilik va dizayn sohalarida keng qo‘llaniladi. Rangning paydo bo‘lishi yorug‘likning turli to‘lqin uzunliklariga ajralishi bilan bog‘liq bo‘lib, bu hodisa ilmiy jihatdan birinchi marta Isaak Nyuton tomonidan o‘rganilgan. Rangshunoslik tarixi qadimgi davrlardan boshlab shakllanib, Sharq va G‘arb olimlari tomonidan rivojlantirilgan. O‘rta asrlarda ranglar ramziy ma‘nolar bilan izohlangan bo‘lsa, keyinchalik ilm-fan taraqqiyoti natijasida ranglarning fizik, optik va psixologik asoslari chuqur o‘rganila boshlandi. Hozirgi kunda rangshunoslik san‘at ta‘limi, dizayn va arxitektura sohalarida muhim ilmiy-amaliy ahamiyatga ega. Mavzuning dolzarbligi ranglardan to‘g‘ri foydalanish orqali estetik didni rivojlantirish, tasviriy san‘atda ifodaviylikni oshirish hamda ta‘lim jarayonida samarali metodlarni ishlab chiqish bilan belgilanadi.
References

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.
