Abstract
So‘z – tilning asosiy birligidir. Tilni nutq tovushlarisiz, grammatik shakllarsiz va kommunikatsiya jarayonidan tashqarida tasavvur qilish mumkin emas. Nutq tovushlari tizimi, morfologik shakllar majmuasi va kommunikatsiya uchun xizmat qiluvchi qurilmalar – hammasi birgalikda tilni, uning bir butun organizmini tashkil etadi. Shularning barchasi so‘z yordamida shakllanadi. So‘zning funktsional-semantik ko‘rinishlaridan biri termindir. So‘z va terminlar tilning mazmun jabhasiga “qisman o‘xshashligi” shundaki, so‘zlarning mazmun jabhasi, yuqorida ham aytilganidek, umumxalq xotirasida mushtarak rasmiylashgan ma’nolarni o‘z ichiga olsa, terminlarning mazmun jabhasi muayyan fan-texnika va kasb-hunarga ixtisoslashgan ayrim guruh shaxslar xotirasida mushtarak rasmiylashgan tushunchalarni o‘z ichiga oladi. Tushuncha va ma’no, garchand tilning mazmun jabhasiga tegishli mushtarak hodisalar sanalsa-da, ular o‘zaro farq qiladi: tushunchaning “amal hajmi” ma’noning “amal hajmi”dan kengdir, chunki ma’no tushuncha doirasiga kiruvchi ideal birlik hisoblanadi.
References

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.
