TARTESSOS - ANDALUSIYA HUDUDIDAGI ILK MUSTAQIL DAVLAT TIZIMI: SHAKLLANISHI VA INQIROZI
pdf

Keywords

Tartessos, Andalusiya tarixi, paleolit, neolit, monarxiya, Alalia jangi, Kartagena, metallurgiya, Turdetaniya, geosiyosiy inqiroz.

How to Cite

TARTESSOS - ANDALUSIYA HUDUDIDAGI ILK MUSTAQIL DAVLAT TIZIMI: SHAKLLANISHI VA INQIROZI. (2026). Global Conference on Medical and Health Sciences, 1(6), 387-394. http://econferencia.com/index.php/5/article/view/995

Abstract

Ushbu maqolada Andalusiya hududidagi eng qadimgi va sirli sivilizatsiyalardan biri - Tartessos davlatining shakllanishi, uning ijtimoiy-siyosiy tuzilishi hamda inqirozga uchrash jarayonlari tahlil qilinadi. Tadqiqot paleolit va neolit davrlaridan boshlangan uzoq evolyutsion jarayonning mantiqiy yakuni sifatida Tartessosning G‘arbiy Yevropadagi ilk mustaqil davlat sub’ekti sifatidagi o‘rnini belgilashga qaratilgan. Maqolada Tartessosning shunchaki madaniy guruh emas, balki monarxiya boshqaruv shakliga, murakkab iqtisodiy ixtisoslashuvga va aniq geosiyosiy chegaralarga ega bo‘lgan mukammal davlat tizimi ekanligi arxeologik va tarixiy manbalar asosida isbotlanadi. Tadqiqot davomida Mesa de Asta, El Carambolo va Cabezo de la Joya kabi yodgorliklardan topilgan ashyoviy dalillar, shuningdek, antik davr yunon va rim mualliflarining yozma qaydlari qiyosiy tahlil qilingan. Alohida e’tibor Tartessosning O‘rta yer dengizi havzasidagi finikiyaliklar va yunonlar bilan bo‘lgan iqtisodiy aloqalariga, shuningdek, miloddan avvalgi 535-yildagi Alalia jangidan keyin yuzaga kelgan geosiyosiy o‘zgarishlarga qaratiladi. Maqolada Tartessos davlatining parchalanishi ichki tanazzul emas, balki Kartagena ekspansiyasining bevosita natijasi ekanligi haqidagi xulosalar ilgari suriladi. Mazkur tadqiqot Andalusiya xalqining qadimgi davlat o‘zligini va uning keyingi Turdetan hamda Rim davri madaniyatiga ko‘rsatgan ta’sirini tushunishda muhim ilmiy ahamiyatga ega.

pdf

References

Creative Commons License

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.