Abstract
Ushbu maqola Andalusiya tarixining eng bahsli va burilish nuqtasi hisoblangan davrni - Rim tizimining inqirozidan boshlab, Islom sivilizatsiyasining (Al-Andalus) o‘rnatilishi va uning fojiali tanazzuligacha bo‘lgan jarayonlarni tadqiq etadi. Maqolaning markaziy g‘oyasi 711-yilgi voqealarni an’anaviy ispan tarixshunosligidagi “arab bosqini” (invasión árabe) tushunchasidan farqli o‘laroq, ijtimoiy-madaniy va mafkuraviy inqilob sifatida qayta talqin qilishga qaratilgan. Tadqiqotda Vizigotlar davridagi trinitar teokratiyasining inqirozi va bu inqirozning Andalusiya jamiyatidagi unitar mafkuraga bo‘lgan ehtiyojni qanday yuzaga keltirganligi tahlil qilinadi. Muallif Al-Andalusning shakllanishini tashqi harbiy agressiya emas, balki mahalliy muxolifat va islomiy kuchlarning umumiy inqilobiy harakati natijasi deb baholaydi. Maqolada Abd-al-Rahmon I asos solgan amirlikdan xalifalikkacha bo‘lgan davrdagi fan, falsafa va texnologik yutuqlar - Andalusiya jamiyatining intellektual va madaniy yuksakligining isboti sifatida ko‘rib chiqiladi
References

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.
