Abstract
Mazkur maqolada o‘zbek va ingliz tillari paremiologik birliklari asosida ot so‘z turkumiga xos son kategoriyasining ifodalanish xususiyatlari qiyosiy-tipologik jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotda birlik va ko‘plik shakllarining maqollar tarkibidagi grammatik-semantik funksiyalari, generik birlik, semantik kollektivlik, abstraktlashuv hamda umumlashtirish kabi hodisalar lingvistik nuqtai nazardan yoritiladi. O‘zbek maqollarida birlik shaklining ko‘proq kollektiv va tipiklashtiruvchi semantikani ifodalashi, ingliz maqollarida esa grammatik formalashuv hamda abstrakt-falsafiy umumlashtirishning ustuvorligi aniqlangan. Tadqiqot natijalari son kategoriyasining paremiologik birliklarda nafaqat morfologik, balki lingvokognitiv va lingvomadaniy vosita sifatida ham muhim ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatadi.
References

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.
Copyright (c) 2026 World Conference on Social Sciences, Law and Public Policy
