Abstract
Maqolada buyuk mutafakkir va davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur merosida aks etgan oilaviy munosabatlar madaniyatining ijtimoiy-falsafiy jihatlari tahlil qilinadi. Xususan, “Boburnoma” hamda Boburning boshqa adabiy asarlarida oila, ota-ona va farzand munosabatlari, qarindoshlik rishtalari, oilaviy qadriyatlar hamda axloqiy tarbiya masalalarining yoritilishi o‘rganiladi. Tadqiqot davomida Bobur qarashlarida oilaning shaxs kamoloti, ma’naviy-axloqiy tarbiya va ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashdagi o‘rni ochib beriladi. Shuningdek, mutafakkirning oilaviy munosabatlarga oid fikrlari zamonaviy oila instituti va milliy qadriyatlar kontekstida ijtimoiy-falsafiy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqot natijasida Bobur merosida oila nafaqat ijtimoiy institut, balki insonning ma’naviy kamolotini belgilovchi muhim qadriyat sifatida talqin etilganligi asoslanadi.
References

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.
Copyright (c) 2026 World Conference on Social Sciences, Law and Public Policy
