Abstract
Mazkur maqolada Qo‘qon shahri 24-avtobus yo‘nalishi misolida yo‘lovchilar oqimining bekatlar bo‘yicha taqsimlanishi tahlil qilingan. Yo‘lovchilar sonining bekatlar bo‘yicha o‘zgarishi asosida transport vositalari yuklamasi, yo‘lovchi oqimi barqarorligi hamda harakat muntazamligiga ta’sir etuvchi omillar baholangan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, yo‘lovchilar oqimining eng yuqori darajasi 5–7-bekatlar oralig‘ida shakllanib, yo‘nalishning yakuniy qismida kamayish kuzatiladi. Yo‘lovchilar oqimning keskin o‘zgarishlarsiz taqsimlanishi natijasida yo‘nalish bo‘yicha tashish jarayonining muntazamligi yuqori ekanligi aniqlandi. Ushbu natijalar jamoat transporti harakat jadvalini optimallashtirish va yo‘lovchilar uchun xizmat sifatini oshirishga xizmat qiladi.
References

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.
