Abstract
Mazkur maqolada ichki ishlar organlari xodimlari xizmat vazifalarini amalga oshirish jarayonida ularning hayoti yoki sog‘lig‘iga yetkazilgan zararni qoplashning fuqarolik-huquqiy tartibi ilmiy-nazariy asosda kompleks tahlil qilingan. Tadqiqot doirasida xodimga yetkazilgan zararni qoplash institutining huquqiy poydevori, davlatning kafolatlangan javobgarligi hamda zararni qoplashda fuqarolik huquqining umumiy qoidalari bilan maxsus normalarning o‘zaro uyg‘unligi yoritib berilgan. Shu bilan birga, xorijiy davlatlar tajribasi bilan qiyosiy-huquqiy tahlil amalga oshirilib, milliy qonunchilikni yanada takomillashtirishga qaratilgan asosli taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan. Shuningdek, ichki ishlar organlari xodimlarining ijtimoiy himoyasini ta’minlash masalalari ilmiy jihatdan tadqiq etilgan.
References

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.
