DARYO QAYIR VA TERRASA HUDUDLARIDAN QUM VA SHAG‘AL QAZIB OLISH BO‘YICHA TAVSIYALAR
pdf

Keywords

qum va shag‘al qazib olish, daro qayiri, terrasa, talveg, toshqin, rekultivatsiya, monitoring.

How to Cite

DARYO QAYIR VA TERRASA HUDUDLARIDAN QUM VA SHAG‘AL QAZIB OLISH BO‘YICHA TAVSIYALAR. (2026). Symposium on Natural and Applied Sciences, 1(6), 152-159. https://econferencia.com/index.php/2/article/view/1322

Abstract

Maqolada daryo o‘zanidan tashqarida, ya’ni qayir va terrasa hududlarida qum-shag‘al materiallarini qazib olish jarayonida yuzaga keladigan gidromorfologik, gidrogeologik va ekologik xavflar tahlil qilingan. Tadqiqotning asosiy maqsadi daryo o‘zanining barqarorligini saqlash, qazish chuqurlarining daryo tomonidan egallab olinishi - “river capture” hodisasini oldini olish, yer osti suvlari rejimi va qayir ekotizimlarini muhofaza qilishga qaratilgan ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. Qashqadaryo daryosida mavjud muammolar geografik dala kuzatuvlari, axborot tizimlari, masofadan zondlash, geomorfologik va qiyosiy tahlil usullaridan foydalanilib, shu bilan birga xorijiy adabiyotlar tahlil qilinib, daryo o‘zanidan tashqari hududda qazish isharini olib borish borasida o‘z tavsiyalarimizni ishlab chiqdik. Natijada qazish maydonini daryo o‘zanidan xavfsiz masofada joylashtirish, chuqur tubini qo‘shni o‘zan talvegi balandligidan yuqorida saqlash, yon qiyaliklarni 3H:1V–10H:1V nisbatda shakllantirish, unumdor tuproq qatlamini 25 yillik takrorlanish davriga ega toshqin sathidan yuqorida saqlash, qazilgan hududlarni botqoqlik ekotizimi yoki qishloq xo‘jaligi yerlariga rekultivatsiya qilish, uzoq muddatli monitoring va yillik holat hisobotini joriy etish tavsiya qilindi.

pdf

References

Creative Commons License

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.