Abstract
Markaziy Osiyoda Lepidoptera turkumiga mansub hasharotlar faunasini o‘rganish uzoq tarixga ega bo‘lib, entomologiya sohasining muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Turkiston hududida uchraydigan Lepidoptera vakillari haqida dastlabki tizimli ma’lumotlar XIX asr oxirida rus entomologlari N.G. Ershov va A. Fild tomonidan keltirilgan bo‘lib, bu tadqiqotlar mintaqada keyingi faunistik izlanishlar uchun muhim ilmiy asos yaratgan. Keyingi davrlarda Tortricidae oilasiga mansub mevaxo‘r kapalaklarni o‘rganish E.P. Menetrie va E.A. Eversmannlarning ilmiy ishlarida yoritilgan. Ular Markaziy Osiyoning turli hududlaridan to‘plangan bir qator turlarni tavsiflab, ularning tarqalishi haqida muhim ma’lumotlar keltirgan.
References

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.
