Abstract
Ushbu tezisda 2017–2026-yillarda Markaziy Osiyo va Janubiy Kavkaz o‘rtasidagi geostrategik bog‘liqlikning shakllanishi hamda rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatayotgan zamonaviy omillar siyosatshunoslik nuqtayi nazaridan tahlil qilinadi. Xalqaro munosabatlar tizimining transformatsiyasi, ko‘p qutblilik tendensiyalarining kuchayishi, yirik va mintaqaviy davlatlar o‘rtasidagi geosiyosiy raqobat, xavfsizlik arxitekturasining o‘zgarishi, transport-kommunikatsiya yo‘laklarining diversifikatsiyasi, energetika xavfsizligi hamda yangi institutsional hamkorlik mexanizmlarining rivojlanishi ikki mintaqa o‘rtasidagi bog‘liqlikni sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqayotgani asoslanadi.
References

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.
