Abstract
Mazkur maqolada hozirgi davr pedagogikasi kontekstida sharqona ta’lim tamoyillarining didaktik va tarbiyaviy ahamiyati ilmiy tahlil qilinadi. Sharq mutafakkirlarining ma’naviy-falsafiy merosi asosida shakllangan tarbiya g‘oyalari zamonaviy ta’lim tizimiga integratsiya qilish zarurati asoslab beriladi. Xususan, ta’lim va tarbiya birligi, ustoz-shogird an’anasi, ma’naviy poklik, sabr-bardosh kabi qadriyatlarning tarbiyaviy samaradorligi ochib beriladi. Maqolada milliy va ijtimoiy qadriyatlarga sodiqlikni shakllantirishda sharqona yondashuvlarning tutgan o‘rni keng yoritilgan. Sharq pedagogik maktablarining asosiy g‘oyalari orqali barkamol shaxs tarbiyasi yo‘nalishlari izchil tahlil qilingan. Maqolada globallashuv sharoitida yosh avlodni ma’naviy tanazzuldan asrashda sharqona qadriyatlarning dolzarbligi ta’kidlangan. Shu bilan birga, Xitoy va Hindiston tarbiya tizimlarining tahlili asosida umumsharqiy pedagogik yondashuvlar solishtirma asosda yoritilgan. Muallif tomonidan zamonaviy ta’limga mos keluvchi sharqona tarbiyani singdirishning samarali yo‘llari taklif etilgan. Sharqona tarbiyaning ijtimoiy, axloqiy va madaniy funksiyalari pedagogik nuqtai nazardan asoslab berilgan. Umuman olganda, maqola sharqona tarbiya vositasida milliy pedagogik tafakkurni rivojlantirish istiqbollarini ochib beradi.
References

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.
